YuKSAK MUKOFOTLAP MUBOPAK!
Mamlakatimizda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi, shu barobarida tumanimizda ham. El-yurt ardogʻidagi oʻqituvchilar, oʻz sohalarining fidoyilari boʻlgan murabbiy-ustozlar Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Pespublikalari faxriy unvonlari, orden va medallari hamda koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Shu munosabat bilan 30-sentyabr kuni Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesining raisi M.Yerniyazov yurtimizda taʼlim sohasini rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlashdek sharafli vazifani ado etishga qoʻshgan munosib hissasi, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ulkan xizmatlari uchun davlatimizning va Qoraqalpogʻiston Pespublikasining faxriy unvonlari, orden va medallari, koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan oʻqituvchi va murabbiylarga ushbu mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

Mukofotlanganlar orasida “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari masʼul kotibi, otaxon jurnalist Allambergan Jumaniyozov, tuman xalq taʼlimi boʻlimi rahbari Otabek Yoʻldoshovlar ham bor.
Ustoz jurnalist Allambergan Jumaniyozov Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi Qaroriga koʻra, “Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan, tuman xalq taʼlimi boʻlimi rahbari Otabek Yoʻldoshov “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ustoz-jurnalist Allambergan Jumaniyozovni, yoshlarning sevimli ustozi, xalq taʼlimi va ona Vatan fidoyisi Otabek Yoʻldoshovni hayotlaridagi ushbu quvonchli kun bilan muborakbod etamiz. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, maʼnan barkamolligi yoʻlidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat, sogʻlik tilaymiz.

“Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari,
Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoalari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶