Sud raislari tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv oʻtkazdi
Tadbirkorlarga huquqiy tushuncha berish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash, bartaraf qilish maqsadida sudlar raislari va boshqa davlat organlari masʼullari bilan hamkorlikda sayyor qabullar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Sayyor uchrashuvlarda tadbirkorlarga amaliy yordam xam koʻrsatilmoqda.
26-sentyabr kuni Davlat soliq inspektsiyasi binosida Jinoyat, Maʼmuriy va Iqtisodiy sud raislari tomonidan oʻtkazilgan sayyor uchrashuvda soliq inspektsiyasi xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi. Sud raislari tadbirkorlik subʼektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud organlarining roli haqida atroflicha maʼlumot berishdi. Shuningdek, tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida oʻz fikrlarini bildirib, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Davlat idoralari xalqqa, jumladan, tadbirkorlarga yaqin koʻmakchi boʻlishi zarur”ligini, bunda barcha davlat idoralari rahbarlari, masʼul xodimlari tadbirkorlarga koʻmakchi boʻlishi kerakligini aytib oʻtishdi.
Oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaati ham tinglandi. Murojaatlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Aksariyati tegishli sud raislari tomonidan joyida hal etildi va muammoning yechim topilishida amaliy yordam berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶