Moda ketidan quvish – MAʼNAVIYaTSIZlikdir
Hozirgi kunda keng ommalashib ketgan turk seriallari qahramonlariga taqlid qilib kiyinish deyarli odat tusiga aylanib ulgurgani achinarli holdir. Kalta yubka, tor shim, har xil chet el yozuvlari tushirilgan ustki kiyim-bosh kiyib, sochini esa oʻrish oʻrniga yoyib, oyogʻiga bachkana krassovkalar kiyib yuruvchi qizlarni har qadamimizda uchratishimiz mumkin. Lekin modaga ergashishda ham meʼyor va madaniyat boʻlishi kerak emasmi? Bu milliyligimizning oyoq-osti qilinishidir. Bizning oʻzbek oilalarimizda azal-azaldan qiz bolaga iboli, hayoli boʻlish uqtiriladi. Yuqorida aytib oʻtilganidek kiyinish, modaning ortidan quvish oʻzbekchiligimizga toʻgʻri kelmaydigan beodoblik, maʼnaviyatsizlikdir.
Milliyligimizni, maʼnaviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, kiyinish madaniyati xususida maktablarda ustozlarimiz, mahallada, koʻcha-koʻyda nuroniy onaxonlarimiz, oilada esa ota-onalarimiz foydali pand-nasihatlar qilishadi. Lekin shunday boʻlsa-da, ayrim tengdoshlarimiz koʻr-koʻrona “moda”, deb allambalo kiyimlarni kiyib yurishadi. Boshqalarni bilmadim-u, mening nazarimda, oʻzimizga gulday yarashib turgan libos har qanday “zamonaviy moda”dan afzaldir. Shunday emasmi azizlar!
Ozoda TOʻLIBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶