Amudaryoda zamonaviy qiyofadagi Xotira maydoni barpo etiladi
Inson xotirasi aziz va muqaddas, dillarda mangu yashaydi. Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish xalqimizga xos boʻlgan azaliy qadriyatlardan biridir.
Ajdodlarni xotirasini eʼzozlash, ularni yod etib turish uchun sharoit yaratish, yosh avlod qalbida yurt uchun fido boʻlgan insonlarga ehtirom va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash maqsadida tumanimizda Xotira maydoni barpo etiladi. Bu boʻyicha tuman hokimining qarori asosida Olmazor mahallasidan 1 gektar yer maydoni ajratildi va “Amudaryo SKB” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Xotira maydonini barpo etish uchun mahalliy byudjet hisobidan 3 mlrd. 200 mln. soʻm mablagʻ sarflanadi. Zamonaviy maydonda katta “Motamsaro ona” haykali qad rostlaydi. Hududda tarix muzeyi uchun ham alohida bino quriladi. Undan tashqari, zamonaviy arxitektura va meʼmorlik anʼanalarini mujassam etgan keng ayvon barpo etilib, maxsus Xotira kitoblari joylashtiriladi.
Ushbu kitoblarga Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan amudaryoliklarning ism-familiyalari bitiladi.
Maydonga yanada koʻrk bagʻishlash uchun 2 ta favvora oʻrnatilib, manzarali daraxtlar, turfa xil va anvoyi gullar koʻchiriladi.
Yangidan barpo etilayotgan zamonaviy qiyofadagi Xotira maydoni tumanimizga yanada koʻrk bagʻishlaydi va ajdodlar xotirasi mangu muhrlangan fayzli maskanga aylanadi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶