34-sonli maktab binosi 2 mlrd. soʻmlikdan ziyod mablagʻ evaziga kapital rekonsrtuktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi
4-sentyabr kuni barcha taʼlim maskanlarida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari boʻlib oʻtdi. Yoz qoʻynida miriqib dam olib, kuch-gʻayratga toʻlgan oʻquvchi-yoshlar yana sinfxonalariga qaytib, darslarni boshladilar.

34-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun ayniqsa yangi oʻquv yilining boshlanishi quvonarli boʻldi. Boisi, endilikda ular kapital taʼmirlangan, barcha qulayliklar yaratilgan sinfxonalarda oʻqishni davom ettiradilar.
Qariyb 2 mlrd. soʻmlikdan ziyod mablagʻ evaziga kapital rekonsrtuktsiya qilinishi natijasida maktab oʻzgacha chiroy kasb etdi. 2 qavatli 80 oʻquvchi oʻrniga ega qoʻshimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
Maktabda oʻtkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirida tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova ishtirok etdi va barcha oʻqituvchilarni, oʻquvchilarni zamonaviy uslubda taʼmirlangan, shinam va ozoda binoda yangi oʻquv yilini boshlayotganliklari bilan qizgʻin qutladi.

1-sinfga qabul qilinayotgan 83 nafar jajji oʻgʻil-qizlarga 12 turdagi oʻquv qurollaridan iborat Prezident sovgʻasi topshirildi.

Maktabda “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida mustaqillik darsi bilan yangi oʻquv yili boshlandi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶