Doʻrmandagi kollej binosida 84-sonli maktab tashkil qilindi
Tumanimiz hududidagi 5 ta kasb-hunar kollejlari binolari yangi maktablar sifatida qayta tashkil etildi. Mazkur maktablar bino va inshootlari, sport va oʻquv-laboratoriya jihozlari yangi oʻquv yili oldidan tayyor holatga keltirildi.
Doʻrman ovulidagi kasb-hunar kolleji binosida ham 450-oʻringa moʻljallangan yangi 84-sonli maktab tashkil etildi va 1-11-sinflarga oʻquvchilar qabul qilindi.
4-sentyabr kuni maktabda ochilish marosimi va “Bilimlar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirni tabrik soʻzlari bilan maktab direktori E. Qurbonboyev ochib berdi. Tashrif buyurgan XTB masʼullari, faxriy oʻqituvchilar, fuqarolar yigʻini raisi, ovul faollari oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan qutladi.
Oʻquvchilar birinchi qoʻngʻiroq jaranggi ostida qulay sharoitlar yaratilgan yangi binoga qadam qoʻyishdi.
Keng va shinam sinf xonalarda mustaqillik darslari tashkil etildi.
Oʻquvchilar va ularning ota-onalari ovulda yangi maktab tashkil etilganidan nihoyatda mamnun boʻldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶