Bilimlar kuni tadbirida tuman hokimi S.Yoʻldashev ishtirok etdi va dars oʻtdi
Pespublikamizdagi barcha taʼlim muassasalarida 4-sentyabrdan yangi oʻquv yili boshlandi. Shu jumladan, tumanimizdagi maktablarda ham “Bilimlar kuni” tadbiri tashkil etildi.
55-sonli maktabda yangi 2019-2020 oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi S.Yoʻldashev ishtirok etdi. Tuman hokimi oʻqituvchi va oʻquvchilarni bilimlar kuni bilan tabrikladi va yangi oʻquv yilida omadlar tiladi.

Joriy yilda mazkur maktab binosi “Amudaryo SKB” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2 mlrd. 906 mln. soʻm mablagʻ evaziga kapital rekonstruktsiya qilindi. Maktabga qoʻshimcha bino ham qurilib, oʻquvchilar taʼlim olishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratildi.
Tuman hokimi S.Yoʻldashev 1-sinfga qabul qilingan bolajonlariga 12 turdagi sifatli oʻquv predmetlaridan iborat boʻlgan Prezident sovgʻalarini topshirdi va oʻquvchilarga dars oʻtdi.
Maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari yangi oʻquv yilini yangi binoda, koʻtarinki ruh bilan boshlab yuborishdi.

O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶