16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:24
Jamiyat 👁 536

2019-yilning 1-yarmida tuman Iqtisodiy sudi tomonidan daʼvogarlar foydasiga 25,02 mlrd. soʻm mablagʻni undirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi

2019-yilning 1-yarmida tuman Iqtisodiy sudi tomonidan daʼvogarlar foydasiga 25,02 mlrd. soʻm  mablagʻni undirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi

Sud – fuqarolarning huquq va erkinligini ishonchli himoya qiluvchi, jamiyatda qonun ustuvorligini va adolatni taʼminlovchi, odil sudlovni amalga oshiruvchi mustaqil hokimiyat tarmogʻi hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, sud hokimiyatga tom maʼnoda mustaqillik berish, sudlar faoliyatining ochiqligini va shaffofligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash, xalqning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman iqtisodiy sudi ushbu islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, oʻz faoliyatida qonunchilikni mustahkamlashga, odil sudlovni amalga oshirishga. Tadbirkorlik subʼektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, huquqbuzarliklarning oldini olishga hamda sud majlislarining  tarbiyaviy oʻrni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan ishlarni sayyor sud majlislariga jamoatchilikni jalb qilgan holda oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Tuman iqtisodiy sudi tomonidan 2019-yil 6 oyi davomida jami  koʻrilgan ishlar soni 463 tani tashkil qildi. Shundan jami 164 tasi Amudaryo tumanimiz iqtisodiy hayotiga oid ishlardir.

Sud majlisining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oshirish maqsadida sud tomonidan 335 ish, yaʼni jami koʻrilgan ishlarning 72,3 foizi sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi. Shundan 101 ta ish, yaʼni koʻrilgan ishlarning 61,6 foizi tumanimiz iqtisodiy hayotiga doirdir.

Sud tomonidan daʼvogarlar foydasiga 25,02 mlrd. soʻm  miqdoridagi mablagʻni undirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, respublika byudjetiga davlat boji hisobidan 460,9 mln. soʻm undirish toʻgʻrisida ham qarorlar qabul qilindi.  Ixtiyoriy toʻlangan davlat boji pul miqdori birinchi instantsiyada 10,5 mln. boʻlib, bu tumanimiz boʻyicha 7,9 mln. soʻmni tashkil etdi.

Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini oʻz vaqtida toʻlamagan 272 xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning 17,1 mlrd. soʻmlik boqimanda qarzlarini ularning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisida sud qarorlari qabul qilindi. Shundan tuman boʻyicha 98 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning 10,03 mlrd. soʻmlik boqimanda qarzlari undirildi.

Shuningdek, kichik biznes subʼektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirokida jami 2 ta ish koʻrib chiqilib, ular foydasiga 109,0 mln. soʻm undirish, shuningdek, dehqon va fermer xoʻjaliklar ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha ular foydasiga 4,6 mln. soʻm undirish toʻgʻrisida hal qiluv qarorlari qabul qilindi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyun kungi “Tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-19-sonli Farmoniga muvofiq, tadbirkorlik subʼektlariga moliyaviy jarimalar qoʻllash boʻyicha koʻrilgan 1 ta ariza daʼvogar foydasiga qanoatlantirildi.

Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari boʻyicha mansabdor shaxslardan 2 nafariga maʼmuriy, 4 shaxsga moddiy, 3 shaxsga intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi taʼsir choralari qoʻllanildi.

2019-yil 6 oyi davomida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi iqtisodiy sudi apellyatsiya instantsiyasida 2 ta ish koʻrilib, qabul qilingan qarorlarning 1 ta oʻzgartirilib, 1 tasi oʻzgarishsiz qoldirildi.

Kassatsiya instantsiyasida esa 6 ish koʻrilib, bitta qaror bekor qilindi, 1 tasi oʻzgarishsiz qoldirildi.

Tuman iqtisodiy sudiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 7 ogʻzaki murojaatlarning barchasiga tegishli tartibda tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar berildi.

Sudyalar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish hamda huquqbuzarlik holatlari tahlilidan kelib chiqib, joylarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu targʻibot tadbirlarida keng aholi qatlami, isteʼmolchilar tadbirkorlar faol ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi sudlari va Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi oʻrtasida yoshlar masalalari sohasida oʻzaro birga ishlashish toʻgʻrisida Memorandum tasdiqlanib, ushbu Memorandum asosida Amudaryo tuman iqtisodiy sudi tomonidan bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Odil sudlovni amalga oshirish, sudni “Adolat qoʻrgʻoni”ga aylantirish, xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri, yuzma-yuz ochiq suhbatlarni kengaytirib, ularning muammolarini hal qilishda yaqindan yordam berish orqali buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Oʻ.SOBIPOV, tuman iqtisodiy sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026