Televizoringizda Amudaryo telekanali körsatmayaptimi?
Sönggi kunlarda köpçilik "Amudaryo telekanali körsatmayapti" degan mazmundagi savol bilan bizga murojaat qilmoqda.
Gap şundaki, Manğit radio televizion stantsiyasida joylaşgan va şu paytga qadar Amudaryo TV hamda Jaslar telekanali efirga uzatib kelingan teleuzatgiç orqali 19-avgustdan boşlab UZDIGITAL TV kompaniyasi tomonidan xorijiy kanallarni ham efirga uzatiş yölga qöyildi.
Agar Sizning televizoringizda Amudaryo telekanali körsatmayotgan bölsa, televizor yoki tyuneringiz orqali DTV bölimidan faqat 33-kanalni (570 mHz, “Puçnoy poisk”) yoki barça raqamli kanallarni (“Avto poisk”) qaytadan qidiring.
Endilikda Manğit şahri va şahar atrofida (30 km radiusda) yaşovçi aholi xorij telekanallarini ham oddiy antenna orqali (signal kuçaytiruvçi moslamalarsiz, hatto uy içidagi antenna bilan) tomoşa qilişlari mumkin. Xorij telekanallari yopiq tarzda (pullik asosda) efirga uzataladi.
Amudaryo teleknalini har doimgidek oçiq töplam tarkibida (bepul) köriş mumkin. Yopiq töplam tarkibidagi telekanallarni köriş uçun esa UZDIGITAL TV tomonidan taklif qilinayotgan TeleCARD uskunasi yoki maxsus tyunerini xarid qilişingiz va kompaniya tomonidan belgilangan tarif böyiça oylik tölovni amalga oşirişingiz kerak. Uşbu uskunalarni Manğit şahrida Manğit poçta aloqa tarmoği binosida ham xarid qilişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, 2019-yilning 25-iyulidan boşlab Amudaryo telekanali körsatuvlari Nukus şahri va Qönğirot tumanlaridagi teleuzatgiçlar orqali ham efirga uzatila boşlandi. Endilikda Amudaryo telekanalini Nukus şahri, Xöjayli, Nukus, Çimboy, Qonliköl, Şömanay, Qoraözak, Qönğirot va Kegayli tumanlarida ham köriş mumkin.
Amudaryo telekanali tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶