Baxtmi yoki baxtsizlik?
Xitoylik qariya fermerlardan biri oʻz fermasida ot boqardi.
Bir kuni uning otlaridan biri qochib ketdi. Fermerning yon qoʻshnisi esa unga tasalli berib, bu holga baxtsizlik deb taʼrif berdi. Qariya fermer unga:
“Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”, – deya javob berdi.
Bir haftadan soʻng, qochib ketgan ot orqasidan bir qancha otlarni ergashtirib keldi. Yon qoʻshnisi bu safar “Baxtingiz bor ekan, qoʻshni” – desa qariya unga yana:
“Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”, – deya javob berdi.
Keyin fermerning oʻgʻli yovvoyi otlardan birini minmoqchi boʻlganida yiqilib tushib, oyogʻi sinib qoldi. Endi bu holga mahalla ahli “baxtsizlik” deb baho berishdi. Qariyaning javobi esa odatdagiday boʻldi:
“Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”
Bir necha haftadan soʻng, harbiy kuchlar qishloqqa kelib, xizmatga yaroqli barcha yoshlarni toʻplab, urushga olib keta boshlashdi. Ular fermerning oʻgʻlini koʻrgach: “Buning oyogʻi choʻloq ekan, bu bizga yaramaydi”, – deb qoldirib ketishdi.
Mahalladagilar fermerning oʻgʻlini choʻloq holda koʻrishgach, oʻzlari ham bu narsa baxtmi yoki baxtsizlikmi deb oʻylab qolishdi.
Yana kim biladi? Hayotdagi voqealar asl koʻrinishidan boshqacha ham boʻlishi mumkin.
Biz yaxshi deb oʻylagan narsalarimizning orqasidan yomonlik kelishi yoki juda yomon boʻldi deb oʻylagan narsalarimizning orqasidan hayotimiz uchun juda foydali narsalar kelishi ham mumkin!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶