OQ OLTIN OVULIDA HAShAR UYuShQOQLIK BILAN OʻTDI
Bayramlar, qutlugʻ kunlar oldidan chor- atrofni tozalab, obodonlashtirish, oʻzgacha tadorik koʻrish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir. Joriy yilning 17 - 18-avgust kunlari ham mustaqillik bayrami oldidan umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi natijasida yurtimiz chiroyiga chiroy qoʻshildi, chor - atrof obodonlashtirildi.
Bu umumxalq harakatiga qoʻshilgan tumanimizning Oq oltin ovuli aholisi ham ikki kun davomida koʻpgina xayrli ishlarni amalga oshirdilar. Xususan, hasharda ishtirok etgan 3406 nafar aholi, shu jumladan, 2138 nafar yoshlar ikki yarim gektarga yaqin hududni obodonlashtirdilar, 5 tonnaga yaqin chiqindilar chiqarib tashlandi, 1.3 kilometr uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi, 2540 tup daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, 29 ta uy - joylar taʼmirlandi.
Ovul fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari aholini umumxalq xayriya hasharini uyushqoqlik bilan oʻtkazishga jalb qila olganligi natijasida bunday natijalarga erishildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶