14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:15
Maqolalar 👁 565

BIR JILFA ShIVIRI

BIR JILFA ShIVIRI

yoʻl – boshi qayerda, oxiri qayerda, nomaʼlum. Tanish-notanish yoʻlovchi sekin ketayotir. Mayda-mayda qadamlar ila ketayotir. Qayerga? Oʻzi ham toʻla anglamagan manzil tomon. Nega? Nima uchun? Orzulari bordir, armonlari ovoziga chiday olmay ketayotgandir? Xullas, qayergadir, shuni biladi faqat. Bir mahal atrofiga qaraydi. Qandaydir ovoz shamol tilida soʻzlayotgandek. Tanish ovoz, nimasidir tanish. Tovushlardagi maʼnoni tushunmayapti. bir lahza oʻylaydi. Yoʻq, tushunmayapti. Yana yoʻlida davom etadi.

***

togʻlardan boshlanadi. Jilgʻalardan, irmoqlardan yaralgan daryo. Qachondir Orolga quyilgan bu daryo. Orol dengizi – Orol sahrosiga aylandi. Nega? Nima uchun? Javoblar koʻp. Kim aybdor? Javoblar koʻp. Daryo yana qirgʻoqlariga sigʻmay oqadimi? Orol sahrosi dengizga aylanadimi? Taxminlar koʻp. Savollar... Javoblar... Xulosalar... Hayot davom etayapti...

mavzu nima haqida, ijodkor nima demoqchi? Nomaʼlum yoʻl... Tanish-notanish yoʻlovchi... Qandaydir ovoz... Daryo... Orol sahrosi... Nega biri-biriga bogʻliq bu manzaralar? Yozayapman... Oʻylayapman... Yangi-yangi eshiklar ochilayapti.

***

tumani adabiy muhitida men qanday vazifani bajarayapman? Tengdosh ijodkorlarchi, nima qilishayapti? Yozishni tugatganlar ham, uzun sukunat ortiga chekinganlar ham bor. Kimni taniyman, kimni yaxshi bilaman?.. Eng muhimi, adabiy sanʼat olamida tumani adabiy muhiti zimmasidagi vazifa nimadan iborat? Bizning avlod adabiy ijodni his qiladimi?.. Savol... Javob... Xulosa... Oʻylayapman... Yozayapman.

tanishayapmiz: salom... Ismingiz kim? Falonchi, falonchi... Nima ish qilasiz? Yozaman, ijodkorman... Yoʻgʻ-yey... Ha, gazetada ham chiqqanman. Tanimayman... Sizning ismingiz kim?... Oʻsha javob, oʻsha holat. Munosabat butunlay oʻzgaradi. Kim kuchli... Kimning qoʻlidan nima keladi?.. Kim eʼtirof etgan?.. Shaxsiy ijod ikkinchi darajada, ijodiy fikr, ijodiy gʻoya ahamiyatsiz. Uzoqlashamiz... Koʻngil gʻariblashadi...

adabiy muhitida qatnashganman, bu muhit oʻziga xos. Xorazm yoshlari ijodi ham boshqacha. Toshkent adabiyoti yuksak mehnat talab qiladi. Toshkentni ikkiga ajrataman: toshkentliklar va viloyatlik ijodkorlarning ijodiy maktabi. Negadir bizning Oʻzbekistonga aylanishimiz qiyin. Ammo bir-birimizga qiziqishimiz katta. Adabiy jurnal va gazetalarning elektron shaklini oʻqiyman, adabiy saytlardagi jarayonlarni kuzataman. Adabiyot maʼlum maʼnoda internetga koʻchayapti. Telegram va Facebook ijodiy jarayonida harorat tobora oshib borayapti. Yangi nomlar, biz bilgan ustozlarning ijodidan yaqin kunlardagi namunalari... Ular tanishadi, bilishadi, har kuni hech boʻlmasa bir bora suhbatlashadi, betinim oʻqib-oʻrganadi va ulgʻayadi. Biz havas qilamiz, lekin dangasalikdan xalos boʻlishga intilmaymiz. Negaki vaqtimiz yoʻq, ishimiz koʻp. Natija esa juda arzon. Isteʼdodni oʻldirish, jinoyat. Bahonalar, sabablar koʻp boʻlmasin, baribir jinoyat. Toʻgʻri yoʻl izlash va topish zarur.

matbuot mavjud. Televideniye hamda “Jayxun ilhomlari” NNT faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. “Jayxun sadosi” internet radiosi, amunews.uz veb-sayti oʻzida tuman nafasini ifodalayapti. Demak, tumandagi adabiy muhitni isteʼdodli, yetuk ijodkor-yoshlar yuksaltiradi. Nazarimda ushbu ishlar bizning chekimizga tushgan vazifalardir. Koʻngilda tuygʻular izhori koʻp. Ayni lahzalarda sizning munosabatingizga qiziqayapman. Birlashib daryoga aylanish oʻzimizga bogʻliq. Fikrlaringizni kutaman.

Shohzod Anvar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019