QURBON HAYITI VA MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN SAVDO YaRMARKASI TAShKIL ETILDI
Xalqimizni 11-avgustda nishonlangan Qurbon hayiti va yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami kunlarida sifatli, xavfsiz va arzon narxdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Mangʻit dehqon bozori oldida savdo yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka uchun bozor oldida maxsus bostirmalar qurilib, peshtaxtalar oʻrnatildi hamda sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Hozirgi kunda ushbu bostirmalarning 20 ta oʻrnida 27 turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlari sotilayapti. Tumanimiz aholisining ehtiyoji inobatga olingan holda ushbu savdo oʻrinlarining 2 tasida yangi soʻyilgan mol goʻshti, 2 tasida tovuq goʻshti, 16 ta savdo oʻrnida esa kundalik turmushimizda kerakli un, moy, un mahsulotlari, shakar, turli shirinliklar va qishloq xoʻjalik mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda.
Bostirmaning ikkinchi tarafidagi 32 ta savdo oʻrnida esa maktab yarmarkasi tashkil etilgan. Bu yerdan ota - onalar turli yoshdagi oʻquvchi oʻgʻil-qizlariga maktab formasi, oʻquv qurollari sotib olishlari mumkin.
Xalqimizning Qurbon hayitini va yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramini munosib nishonlashlariga qulaylik yaratish maqsadida 9-avgustdan tashkil etilgan savdo yarmarkasi sentyabrning 10 sanasigacha oʻz faoliyatini davom ettiradi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶