Nukus shahri, Taxiatosh, Xoʻjayli, Shumanay, Kegeyli, Amudaryo, Chimboy hamda Nukus tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar diqqatiga!
Nukus radiotelestantsiyasidan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining 12 ta teledasturlarini efirga uzatayotgan DVB-T standartidagi raqamli teleuzatkich 2019-yil 15-avgust kunidan boshlab oʻchirilishi maʼlum qilinadi.
Hozirgi kunda butun Pespublikamiz boʻylab yangi – DVB-T2 ctandartida raqamli formatda ishlovchi teleuzatkichlar oʻrnatilgan boʻlib, ushbu standartdagi ochiq toʻplam tarkibida 12 ta davlat va 9 ta nodavlat telekanallar hamda 6 ta davlat va nodavlat radiokanal dasturlarini bepul koʻrish imkoniyati mavjud.
Shuni aytish kerakki, soʻnggi rusumdagi zamonaviy televizorlarning barchasi DVB-T2 ctandartidagi signallarni qabul qilishga moslashgan. Agar Siz DVB-T ctandartida ishlovchi televizor yoki tyunerdan foydalanayotgan boʻlsangiz, DVB-T2 ctandartida ishlovchi tyuner olgan holda ushbu tele- va radiokanallarni koʻrishingiz va eshitishingiz mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: 61 226 52 84.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶