Tibbiyot birlashmasida inson huquqlari va mehnat munosabatlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Jamiyatimizda inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini oʻzida ifodalagan demokratik oliy maqsadlarni amalga oshirish, qadriyatlarni chuqur qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
2-avgust kuni tuman Tibbiyot birlashmasida Adliya boʻlimi va Bandlikka koʻmaklashish markazi hamkorligida inson huquqlari va mehnat munosabatlariga doir qonun hujjatlari, kiritilgan oʻzgartirishlar, ularning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish va xodimlarning huquqiy ongini, madaniyatini yanada oshirish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman Adliya boʻlimi bosh mutaxassisi J.Bekimbetov va Bandlikka koʻmaklashish markazi mehnat huquqi inspektori P.Shomurodovlar ishtirok etdi.

Tibbiyot birlashmasi xodimlariga Saylov kodeksi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisidagi, odam savdosiga qarshi kurashish, majburiy mehnatga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, mazkur qonunlar doirasidagi huquq va majburiyatlar haqida maʼlumot berildi.
Yigʻilishda birlashma xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq va batafsil javoblar olishdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶