MANGʻIT ARNA KANALINING BIR QISMI TUMAN MAHALLIY BUYuDJETI HISOBIDAN QAZILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy byudjetlarini shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni joylarda mahalliy byudjetdan samarali foydalangan holda erkin qoldiqlari hisobidan hududlarni yanada obodonlashtirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarni yaratishda muhim vosita boʻlmoqda.
Prezidentimizning mazkur farmoni asosida 2019-yil yanvar oyida tuman hokimining maxsus Farmoyishi qabul qilinib, unga asosan 2019-yil 1-yanvar holatiga mahalliy bdyujetning erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan bir qator ishlar amalga oshirish reja qilib olingan edi.
Jumladan, mazkur Farmoyish bilan tuman irrigatsiya boʻlimiga ham kanallarni tozalash, gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash ishlariga salkam 82 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan edi.
Bu mablagʻlar tumandagi Mangʻit arna kanalining bir qismini tozalash shuva boshqa kanallarda gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash maqsadlariga yoʻnaltirildi.

Jumladan, rejaga asosan Mangʻit arna kanalining Mangʻit shahridan oʻtuvchi 2.8 km. kismini qazish va tozalash ishlari rejalashtirilgan boʻlib bugungi kungacha 2 km. uzunlikdagi masofada qazish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bu ishlarga 10 mln. soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi. Mahalliy byudjetning 2019-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiqlari hisobidan ajratilgan mablagʻlarning 14,5 mln. soʻmi yoqilgʻi moylash materialarini sotib olish, shuningdek 67,3 mln. soʻmi suv oʻlchash asboblari va boshqa gidrotexnika jihozlarini sotib olish maqsadlariga yoʻnaltirildi.

Endilikda qazish va taʼmirlash ishlari toʻliq amalga oshirilganidan keyin Mangʻit arna kanalining suv oʻtkazuvchanlik darajasi yanada oshib, shahar va shahar atrofidagi isteʼmolchilarga oqar suv yetkazib berish darajasi yanada yaxshilanadi. Demakki, ovul va mahallarda aholi tomorqalardan foydalanish darajasi oshib, xalqimizning turmush farovonligi yanada yuksaladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶