28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:56
Maqolalar 👁 528

OTAXON JUPNALISTDAN YaNGI TUHFA: “ShUNAQA DUNYo BU...”

OTAXON JUPNALISTDAN YaNGI TUHFA: “ShUNAQA DUNYo BU...”

Bir faylasuf hayotni teatr sahnasiga, turfa taqdirli odamlarni esa teatrda rol ijro etayotgan aktyorlarga mengzagan edi. Shunisi ham borki, aktyor faoliyati davomida necha oʻnlab obrazlar yaratsa, insonlar hayot sahnasiga bir martagina chiqadilar va ularning yoʻllari turlichadir. Umrni mazmunli va elga manfaatli qilib yashash – har kimning oʻz qoʻlida.

Sakson yosh ostonasida, anigʻi 77 yoshida ham jamiyat oldida xayrli ishlar qilishga oʻzida majburiyat sezib, tumanimiz adabiy muhitida ustozlik qilib, ijodkorlar safining oldida kelayotgan Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovning yangi toʻplamini qoʻlimga olib, koʻnglimdan shunday xayollar oʻtdi.

42-yil tuman gazetasida adabiy xodim, masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari boʻlib ishlab nafaqaga chiqqan ustoz jurnalist keksaydim, deb qoʻl qovushtirib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmadi. Turli mavzularda maqolalar, sheʼrlar yozish bilan cheklanmay, 2014-yilda “Toʻrt tomirda joʻsh urgan tugʻyon”, 2015-yilda “Hayot hadyalari”, 2017-yilda “Ming bir fard” sheʼriy toʻplamlarini nashrdan chiqardi, amudaryolik ijodkorlarni birlashtirish, ijodini ragʻbatlantirish, yosh ijodkorlarni aniqlab, qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi qoshida tashkil etilgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining aʼzosi sifatida faol harakat qilib, tez-tez adabiy kechalar, sheʼriyat kechalari oʻtkazilishiga bosh boʻlayotir, yosh qalamkashlarga yoʻl-yoʻriqlar berayotir. 42 yillik jurnalistik faoliyati charchogʻini pisand qilmay, yaqinda yana bir ezgu ishning uddasidan chiqdilar. Turli yillarda, asosan, istiqloldan avvalgi yillarda yozgan hikoyalarini toʻplab, “Shunaqa dunyo bu...” nomli kitob nashr ettirdilar. 18 ta hikoyadan iborat kitobni mutolaa qilgan kishi inson ichki olamining rang-barangligi, umr mohiyati haqida oʻyga toladi. Sodda, ortiqcha bezaklarsiz, ravon tilda yozilgan hikoyalarning har biri mutolaa jarayonida koʻnglingizga oʻrnashib qoladi, goh sevinasiz, goh achinasiz, goh oʻyga tolasiz.

Yaqin oʻtmishimizning bir lahzasi aks ettirilgan “Bikaning buvisi nega yigʻladi”, yo muallif oʻz bolalik xotiralarini aks ettirgan “Ikki tarsaki” hikoyalari goʻyo hayotdan bizga saboq berayotganday. “Maktub egasi kim?”, “Aytilmagan soʻzlar” hikoyalari hayotdagi salgina xatolar, oniy lahzalar ham inson hayotini oʻzgartirib yuborishga qodir ekanligini uqtiradi, hushyor tortishga chorlaydi.

Aziz ustozimiz, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, hamon qoʻlidan qalami tushmay, ijod qilayotgan Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovni oʻquvchilariga atagan navbatdagi tuhfasi bilan qutlayman va yanada barakali ijod qilaverishini tilab qolaman.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026