Tuman davlat xizmatlari markazi orqali kunu-tun, istalgan payt OTMga hujjat topshiring!
Hurmatli abituriyentlar!
Amudaryo tumani davlat xizmatlari markazi orqali Oʻzbekiston Pespublikasi boʻylab 5 ta, yaʼni
1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
3. Guliston davlat universiteti;
4. Fargʻona davlat universiteti;
5. Samarqand davlat universitetiga hujjat topshirishingiz mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari orqali kunning jazirama issiq boʻlayotganini inobatga olib, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida kechki paytdan ertalabgacha uzluksiz 24 soat davomida abuturentlardan ariza qabul qilish yoʻlga qoʻyildi. Endi Siz kunning 24 soati davomida, oʻzingizga qulay boʻlgan vaqtda hujjat topshirish imkoniga egasiz!
Tunda koʻrsatiladigan xizmatdan foydalangan holda, 9-iyul kuni soat 20.00 dan 14-iyul kuni soat 09.00 ga qadar 128 nafar abituriyent Davlat xizmatlari markazi orqali roʻyxatdan oʻtdi. Siz ham vaqtingizni tejab, tuman davlat xizmatlari markazi orqali roʻyxatdan oʻting!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶