Jamiyat
👁 446
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash endilikda Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son "Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida" qarori bilan “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida maʼlum qilindi.
Nizomga muvofiq, litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilinadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtiladi.
Soʻrovnoma toʻldiriladi hamda unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
• soha boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari;
• korxonaga ishga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi buyruqlar nusxalari;
• zarur bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Davlat xizmatlarini koʻrsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng Davlat xizmatlari markazlari bir soatda uni Qurilish vazirligiga yuboradi.
Qurilish vazirligi soʻrovnoma tushganidan boshlab 7 ish kunida litsenziya berish uchun hisobvaraq-fakturani litsenziya berishning davlat bojini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.
Talabgor bir oyda davlat bojini toʻlashi lozim.
Qurilish vazirligi davlat boji toʻlanganidan soʻng bir ish kunida litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi litsenziya tushganidan soʻng 10 minutda uni talabgorga yuboradi.
Sanjar Jumaniyozov, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazlari bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶