“Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” tadbiri oʻtkazildi
Yosh avlod taʼlim-tarbiyasida maktabgacha taʼlim muassasasi ham muhim oʻringa ega. Shu bois, yurtimizda aynan maktabgacha taʼlim sifatiga alohida eʼtibor qaratilib, uzluksiz taʼlimning ajralmas boʻlagiga, yaʼni uning debochasiga aylantirildi.
Tumandagi 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarining 25 nafari maktabga kuzatildi. Yil davomida ularning savodxonligini oshirish uchun malakali tarbiyachilar jalb qilindi. “Zumradoylar davrasi”, “Sogʻlom bolajon” toʻgaraklarida tarbiyaviy ishlar olib borildi. muassasada olgan taʼlim va tarbiya asosida maktabda darslarni puxta oʻzlashtirishlariga zamin yaratildi.
Yaqinda 4-sonli MTT tomonidan mana shu bolajonlarni maktabga kuzatish munosabati bilan “Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” tadbiri tashkillashtirildi. Tadbirni muassasa tarbiyachilari D.Iskandarova, M.Rajabovalar, musiqa mashgʻuloti rahbarlari I.Xudoyorov, N.Rajabovlar hamda raqs toʻgaragi rahbari N.Ismoilovalar tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda tayyorlashdi. Bolajonlarning maktab, ona-Vatan, baxtli bolalik, bogʻcha haqidagi ingliz, rus tillarida aytgan sheʼrlari olqishlar bilan kutib olindi. Ijro etilgan raqslar, kuy-qoʻshiqlar barchaga quvonch ulashdi.
Unutilmas lahzalarga boy oʻtgan tadbir nafaqat kichkintoylarga, balki ota-onalarga ham nihoyatda manzur boʻldi.
Yulduz Kazakova, 4-sonli MTT mudirasi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶