TUMAN KENGAShI DEPUTATI OʻZ SAYLOVChILAPI BILAN UChPAShDI
Amudaryo tumanida barcha sohalarda qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining ham hissalari katta . Ayni kunda 30 nafar deputatning barchasi ham oʻz saylovchilari ishonchini qozonishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishga bel boshlagan el fidoyilari hisoblanadilar.
Nomzodi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan koʻrsatilgan Pashid Yeplapasov deputatlikka saylangan kunidan boshlab oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Pespublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida tashkil etishga harakat qildi. U shu oʻtgan davr mobaynida 21-Oʻzbekiston saylov okrugi saylovchilari bilan doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazib, ularning muammolarini hal etishga erishib kelmoqda.
P.Yerlapasov oʻz saylovchilarining muammoli masalalari yuzasidan tumandagi koʻpchilik korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga deputatlik soʻrovlarini yuborib, bu muammolarning ijobiy hal etilishiga muvaffaq boʻlgan.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Pashid Yerlapasovning oʻz saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvi joriy yilning 5-iyul kuni Kuyukkoʻpir ovulidagi “Qizilcholi” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilib, unda 28 nafar saylovchi ishtirok etdi.
P.Yerlapasov oʻz saylovchilariga deputat sifatida amalga oshirilayotganishlari yuzasidan axborot berdi.

Saylovchilar bu galgi uchrashuvda tuman Kengashi deputati P.Yerlapasovdan mahalla hududida joylashgan “Savatchi bobo” qabristonini obodonlashtirish masalasida yordam koʻrsatishni iltimos qildilar. Shu masala yuzasidan saylovchilar Jumamurod Abdullayev, Bahodir Sodiqov, Amin Nurimov, Komil Sobirov, Jumaboy Hidoyatov va Hayitgul Oʻrinboyevalar soʻzga chiqdilar.
Shundan soʻng deputat Pashid Yerlapasov soʻzga chiqib, saylovchilarning taklif va iltimoslarini amalga oshirish uchun oʻzining barcha imkoniyatlarini safarbar etishini maʼlum qildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶