AHOLI VA ÇEGARAÇILAR HAMKORLIGI YaNADA MUSTAHKAMLANADI
Amudaryo tumanidagi Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinida ovul hududida Özbekiston Respublikasining “Davlat çegarasi” töğrisidagi Qonuniga rioya qilinişini taʼminlaş maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari tarkibidagi 9202 “D” harbiy qism bilan hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida bir qança işlar amalga oşirilayapti.
Ovulda fuqarolar yiğini bilan harbiy qism hamkorligida har oyda bir marta tadbirlar ötkazilib, ularda ovuldagi fermer xöjaliklari işçilari, ovul faollari va imomlari iştirok etişayapti. Uşbu tadbirlarda Özbekiston Respublikasining “Davlat çegarasi töğrisida” gi Qonuniga rioya qiliş, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini oliş yuzasidan keng turda tuşunçalar berilayapti.
Şunday tadbirlardan biri joriy yilning iyun oyida ovulning mehnatkaş aholi punktida ötkazilib, unda çegara hududida faoliyat körsatayotgan fermer xöjaliklari işçilari, ovul faollari va imomlari iştirok etdilar.
Tadbirda 9202 “D” harbiy qism xodimi E.Jöraboyev va DXX tuman bölimi xodimi U.Hasanovlar sözga çiqişib, çegara hududida Özbekiston Respublikasining “Davlat çegarasi töğrisida”gi Qonuniga qatʼiy rioya qilinişi lozimligi, çegara oldi hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlaş va davlat çegarasi daxlsizligini saqlaş maqsadida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari jamoat taşkilotlari hamda çegara hududida yaşovçi fuqarolar bilan çegaraçilar hamkorligini kuçaytiriş zarurligi haqida gapirdilar.
Uşbu tadbirda ovul faollari ham sözga çiqişib, davlat çegarasini qöriqlaş, bu joyda tartib-intizom bölişini taʼminlaşga kömaklaşiş har bir Özbekiston fuqarosining burçi ekanligini taʼkidladilar.
Amir Temur OFY va 9202 “D” harbiy qism xodimlari hamkorligida ötkazilgan uşbu tadbir yakunida tegişli qaror qabul qilindi.
Fazliddin MAHAMADIYeV, harbiy xizmatçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶