“Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli loyiha asosida davra suhbati oʻtkazildi
2-iyul kuni Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli grant loyihasi doirasida “Xalqaro va milliy qonunchilikda nogironlar huquqlarining aks ettirilishi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatini “Mening oilam” gazetasining masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov kirish soʻz bilan ochib, loyiha haqida davra suhbatidan koʻzlangan maqsad haqida gapirdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshida faoliyat koʻrsatayotgan nogironlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi volontyori Muyassar Rahmatullayeva davra suhbati kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Shundan keyin “Mening oilam” gazetasi muxbiri Ozoda Xudoyberganova, Nogironlar jamiyati aʼzosi Yulduz Karimova, kollej oʻquvchilari Charos Ochilboyeva, Holida Saparniyozova, Javlon Ortiqov, Maʼmurjon Saidov va Abbos Ismoilovlar soʻzga chiqdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶