OʻzMTDP TUMAN KENGAShIDA OʻQUV-SEMINARI OʻTKAZILDI
25-iyun kuni OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashida “Siyosiy partiya – fuqarolik jamiyati instituti” mavzusida oʻquv-seminari boʻlib, unda partiyaning tuman Kengashi xodimlari va boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari ishtirok etdilar.
Oʻquv-seminarida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Xolmurodov soʻzga chiqib, siyosiy partiyaning belgilari, funktsiyalari, tuzilmalari, boshlangʻich tashkilotlari haqida, partiyaning saylov jarayonidagi oʻrni haqida, “Yoshlar qanoti”ning faoliyatini kuchaytirish, jahon siyosiy tashkilotlarining ish uslublari haqida keng tushunchalarga ega boʻlish lozimligi toʻgʻrisida gapirdi.
Seminarda soʻzga chiqqanlar koʻppartiyaviylik fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili ekanligini, siyosiy partiyalarning hokimiyat tuzilmalari bilan xalq oʻrtasida, davlat va jamiyat oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin boʻlib xizmat qilishi va jamiyatning yaxlitligi hamda bir butunligini taʼminlashga xizmat qilayotgani haqida gapirdilar.
Oʻquv-seminarda asosiy eʼtibor partiyaning quyi boʻgʻini boʻlgan boshlangʻich partiya tashkilotlari faoliyatiga qaratildi va uning faolligini oshirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi xususida fikr va mulohazalar bildirildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶