YoShLARGA YaNGI UYLAR TOPShIRILDI
26-iyun kuni Amudaryo tumanida qurilishi tugallangan koʻp qavatli turar joylardan 3 tasi yosh oilalarga topshirildi.
Yosh oilalarga uy-joylar topshirish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari E.Tadjiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻistondagi “Xalq qabulxonasi” rahbari H.Halimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Ibragimova, tuman hokimi S.Yoʻldashev va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Yangi uy-joyga ega boʻlgan yoshlar yaratib berilayotgan bunday imkoniyat va qulayliklar uchun Prezidentimizga va davlatimiz rahbarlariga oʻz minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
“Yoshlar oyligi” doirasida oʻtkazilgan bunday quvonchli voqea yoshlar hayotida oʻchmas iz qoldirdi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶