Bobur ovulida “Yoshlar kutubxonasi” tashkil etildi
Inson hayotida kitob mutolaasining, kitoblardan olinadigan maʼnaviy-ruhiy ozuqaning oʻrnini hech bir vosita bosa olmaydi. Muhtaram Yurtboshimizning aholi, ayniqsa, yoshlar kitob mutolaasiga katta eʼtibor berayotgani mamlakatimizning barcha hududlarida kutubxonalar fondining boyib, yangi kutubxonalarning bunyodga kelishiga zamin boʻlmoqda.
“Yoshlar oyligi” doirasida Prezidentimizning yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tumanimizning chekka hududidagi Bobur ovulida “Yoshlar kutubxonasi” ishga tushirildi.
21-iyun kuni tuman hokimligi bilan hamkorlikda ushbu kutubxonaga 800 dona badiiy kitoblar “Yoshlar kutubxonasi” ga sovgʻa qilindi. Ovul fuqarolar yigʻini xududidagi yoshlar endilikda oʻzbek va jahon adabiyotining sara badiiy asarlarini mutolaa qilib, bilim va tafakkurini, dunyoqarashini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega boʻldi.
Mazkur ziyo maskanining tashkil qilingani, qolaversa, hududda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli obodlik ishlari uchun ovul aholisi alohida minnatdorchilik bildirdilar.
M.Oʻrozimbetov,
Yoshlar ittifoqi tuman
Kengashi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶