“YoSh KITOBXON” TANLOVINING TUMAN BOSQIChI BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutaffakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifasida oʻtkazilayotgan Respublika “Yosh kitobxon” tanlovining nufuzi tobora ortib, ishtirokchilar soni koʻpayib bormoqda.
Joriy yilda tumanda mazkur tanlovning tuman saralash bosqichida 10-14 yosh toifasida 5582 nafar, 15-19 yosh toifasida 6108 nafar, 20-30 yosh toifasida esa 1838 nafar, jami 13528 nafar yoshlar ishtirok etdilar hamda oʻzbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga 25 daqiqa davomida javob berishdi.
Erishgan natijasiga koʻra, har yosh toifasida 86 va undan koʻp ball toʻplagan 11 nafar ishtirokchilar “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishgan edi.
Kitobxon yoshlarning ulkan eʼtiborini tortgan tanlovning tuman bosqichi shu yil 18-iyun kuni Mangʻit iqtisodiyot kolleji binosida boʻlib oʻtdi.
Tanlov “Oʻzbek adabiyoti bilimdoni” va “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari asosida har bir yosh toifasidagi 11 nafar ishtirokchilar orasida oʻtkazildi.

Natijalarga koʻra, 10-14 yosh toifasida 74-sonli maktab oʻquvchisi Jonibek Habibnazarov 92 ball, 15-19 yosh toifasida 15-sonli maktab oʻquvchisi Laylo Olimova 94 ball toʻplashga erishib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan diplom, sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tanlovning tuman bosqichi gʻoliblari Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻldilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶