17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 10:40
Jamiyat 👁 1,256

ENG NAMUNALI BOShLANGʻICh XOTIN-QIZLAR TAShKILOTLARI ANIQLANDI

ENG NAMUNALI BOShLANGʻICh XOTIN-QIZLAR TAShKILOTLARI ANIQLANDI

Tumanimizdagi korxona, tashkilot, muassasalardagi xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari va uning tarkibiy tuzilmalaridagi boshlangʻich tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularning jamiyatda, siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish va xotin-qizlarning tadbirkorlik, kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek yoshlarni maʼnaviy barkamol, gʻoyaviy yetuk, millat va davlatning taraqqiyoti yoʻlida oʻz kuchini ayamaydigan insonlar qilib tarbiyalashda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan Xotin-qizlar qoʻmitalari boshlangʻich tashkilotlari raislarini aniqlash, ularning ilgʻor ish tajriba va uslublarini keng yoyish maqsadida tashkil etilgan “Eng namunali boshlangʻich tashkilot” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Amudaryo Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosida boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovda tadbir ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan koʻrgazma namoyish etildi. Kollej foyesidagi koʻrgazmaga qoʻyilgan tumanimizdagi turli idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotlari rahbarlari, kollej va umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-qizlari tomonidan yasalgan hunarmandchilik buyumlari tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

Koʻrik-tanlovni tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan soʻng boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotlari raislari koʻrik-tanlov shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar. Koʻrik-tanlov shartlariga koʻra, ishtirokchilarning bilimdonligi, topqirligi, epchilligi, uddaburonligi, muammolar yechimini topish boʻyicha mahoratlari hamda alohida qobiliyatlariga alohida ahamiyat berildi.

Qizgʻin bahslar va doʻstona vaziyatda oʻtgan bellashuvlarda “Eng namunali mahalla boshlangʻich tashkiloti” yoʻnalishi boʻyicha Daryo boʻyi MFY boshlangʻich tashkiloti raisi Erkinoy Yoqubova 1-oʻrin, Boʻzyop OFY boshlangʻich tashkilot raisi Oyzoda Eshimbetova 2-oʻrin, Bosuv MFY boshlangʻich tashkilot raisi Dilfuza Toʻrayeva 3-oʻrinni egallashdi.

“Eng namunali MTM boshlangʻich tashkilot” yoʻnalishida 2-sonli MTM boshlangʻich tashkiloti raisi Dilbarxon Matnazarova 1-oʻrin, 5-sonli MTM boshlangʻich tashkiloti raisi Gulasal Qutimova 2-oʻrin, 29-sonli MTM boshlangʻich tashkiloti raisi Maqsuda Qalandarova 3-oʻrin sohibalari boʻlishdi.

“Eng namunali maktab boshlangʻich tashkiloti” yoʻnalishida 1-oʻrin 76-sonli maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisi Oʻrozgul Yakubovaga kasib etgan boʻlsa, 44-maktab boshlangʻich tashkiloti raisi Dilorom Yaxshiboyeva 2-oʻrin, 20-sonli maktab boshlangʻich tashkiloti raisi Gulbahor Allaberganova 3-oʻrin gʻolibi boʻldilar.

“Eng namunali korxona va tashkilot  boshlangʻich tashkiloti” yoʻnalishida 1-oʻrin tuman MTM boʻlimi boshlangʻich tashkiloti raisi Mohira Yusupovaga, 2-oʻrin tuman madaniyat markazi boshlangʻich tashkiloti raisi Nasiba Yeshchanovaga, 3-oʻrin esa tuman xalq taʼlimi boʻlimi boshlangʻich tashkiloti raisi Tatyana Pirnafasovalarga nasib etdi.

Koʻrik-tanlovda “Eng namunali tibbiyot muassasasi boshlangʻich tashkiloti yoʻnalishi boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi. Unga koʻra, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlangʻich tashkiloti raisi Nilufar Qurbonboyeva 1-oʻrin gʻolibi boʻldi.

2-oʻrin 5-sonli Qishloq oilaviy poliklinikasi boshlangʻich tashkiloti raisi Ulboʻsin Doʻschanovaga, 3-oʻrin esa 2-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi boshlangʻich tashkilot raisi Munavvara Doʻschanovaga nasib etdi.
Koʻrik-tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.


R.Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026