Oromgohda madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Yozgi taʼtil bolajonlar uchun miriqib dam oladigan davr. Ayniqsa, oromgohlarda ular vaqtlarini mazmunli va zavqli oʻtkazadilar. Oromgohlar dam olish maskanlari vazifasini oʻtasa ham, u yerda bola dunyoqarashini boyitish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, uning har tomonlama maʼnaviy kamol topishiga yordam beruvchi tarbiyaviy tadbirlar oʻtkaziladi.


Tumanimizdagi soʻlim tabiatli Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosida mazkur yilda ham “Qaldirgʻoch” bolalar oromgohi tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda u yerda 100 nafardan ziyod bolajonlar hordiq chiqarishmoqda. U yerdagi bolajonlarning vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga hissa qoʻshish maqsadida tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib borilmoqda.

10-iyun kuni Qilichboy madaniyat markazining toʻgarak aʼzolari ishtirokida mazkur oromgohda katta musiqiy dastur namoyish etildi. Dastur davomida ushbu markazda tashkil qilingan "Drama" toʻgaragi aʼzolari ertak asosida tayyorlangan sahna koʻrinishini ijro etib berishdi.
Musiqiy dastur va ertak tomoshasi bolajonlarga nihoyatda manzur boʻldi.
N.Haytmurodova,
tuman Madaniyat boʻlimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶