Boʻzyop ovulida deputat bilan uchrashuv oʻtkazildi
Barcha hududlarda aholining deputatlar bilan uchrashuvlari oʻtkazilmoqda. Uchrashuvlarda aholi muammolari oʻrganilib, ularning yechimini topish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
4-iyun kuni tumandagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida 17-“Boʻz-yop” saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Matyakubovaning «Deputat bilan yuzma-yuz» mavzusida yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi Yu.Oʻrinboyeva, Boʻz-yop ovulidagi boshlangʻich partiya tashkiloti yetakchisi U.Oʻrozimbetova, xotin-qizlar qoʻmitasining Boʻzyop ovulidagi mutaxassisi G.Kobayevalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Matyakubova soʻzga chiqib, oʻquvchi yoshlarga partiyaning “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida yoshlarga oid muammolarni oʻrganish va hal etish choralarini koʻrish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va gʻoyaviy tarbiyalashning dolzarb jihatlari toʻgʻrisida gapirib oʻtdi. OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi Yu.Oʻrinboyeva esa partiyaning maqsad-vazifalari hamda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 19-martdagi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasida belgilangan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida yoshlarga keng tushuncha berdi.
Oʻquvchilar tomonidan loyiha doirasida maktab kutubxonasida badiiy adabiyotlarni koʻpaytirish, gimnastika toʻgaraklarini tashkil etish kerakligi boʻyicha takliflar kiritildi.
Uchrashuvda deputat G.Matyakubova, Boʻz-yop ovulidagi boshlangʻich partiya tashkiloti yetakchisi U.Oʻrazimbetova hamda “Xizmat-beminnat” loyihasi doirasida oʻquv kursi ochishda amaliy yordam berganligi uchun maktab oʻqituvchisi P.Polvonovalarga partiya tomonidan tayyorlangan tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.
Yu.Oʻrinboyeva, OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶