Mehr-muruvvat tadbirlari davom etmoqda
Ramazon oyi har yili mamlakatimizda bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibat va muruvvat oyi sifatida oʻtkazilib, musulmon birodarlarimiz bir oy toat-ibodatda boʻlishib, Allohning farz amali – ramazon roʻzasini islomiy qadritlarga muvofiq goʻzal xulq sabr-toqat ila oʻtkazadilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi 4349-son Qarorida ham ramazon roʻzasini koʻngilli oʻtkazishlarini taʼminlash, xalqimizning oʻlmas islomiy qadriyatlarga sadoqatini hurmat qilgan holda muborak Ramazoni sharif oyini emin-erkin, birdamlikda oʻtkazishlarini taʼminlash ilgari surildi. Shuningdek Ramazon hayit bayramini uyushqoqlik va birdamlik asosida oʻtkazish belgilab qoʻyildi.
Tuman mahallalar Kengashi va joylardagi ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari tomonidan muborak iyd Ramazonni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida 2019-yil 2-iyun kuni ehtiyojmand va yakka-yolgʻiz fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, mahallalarda oʻzaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, aziz avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari olib borildi. Oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofilashtirish tuman Kengashi tomonidan bir qancha kam taʼminlangan, ehtiyojmand, yakka-yolgʻiz kishilar holidan xabar olinib, ularning muammolari oʻrganildi.
Mangʻit shahrining “Doʻstlik”mahallasida yashovchi yakka-yolgʻiz onaxon Bozorgul momo Safarboyeva koʻrsatilayotgan bu kabi eʼtibor va ragʻbatdan mamnun ekanligini izhor etdi:
- Xudoga shukur, - dedi onaxon, - meni mahalladoshlarim, hukumatimiz yolgʻizlatib qoʻygani yoʻq. Tez-tez ahvolimdan xabar olib turishadi, katta rahmat!
Bu kabi mehr-muruvvat tadbirlari tumanimizning barcha ovul va mahalallarida davom etmoqda.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶