“Maʼrifat karvoni” aktsiyasi oʻtkazildi
OʻzMTDP tuman Kengashi tomonidan 2019-yil 30-may kuni tumandagi 24-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi. Bayram tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Yusupov, OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi Yu.Oʻrinboyeva, 24-sonli MTM mudirasi M.Toʻrayeva, MTM tarbiyachilari, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari hamda tuman OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 19-martdagi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida “Maʼrifat karvoni” aktsiyasi tashkil qilindi.
Aktsiya doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Yusupov 24-sonli MTM tarbiyalanuvchilarini 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabriklab, ularga shaxsiy kutubxonasi hisobidan turli hil qiziqarli ertak kitoblari sovgʻa qildi.
Tadbir ishtirokchilariga muassasa tarbiyalaruvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.
Dildora Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶