Doʻstlik MFYda vakillar yigʻilishi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasida: “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy ichida fuqarolar yigʻini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi”, degan norma belgilangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda joriy yilning 18-may sanasidan 1-iyungacha barcha fuqarolar yigʻinlarida keyingi vakillar yigʻilishlari oʻtkazilmoqda.
29-may kuni Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini masʼul kotibini, fuqarolar yigʻini Kengashini tasdiqlash, MFY raisining oʻrinbosarlari, maslahatchilarini saylash, shuningdek MFY faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar tarkibini saylash masalalariga bagʻishlangan vakillar yigʻilishi oʻtkazildi.
Suratda: vakillar yigʻilishidan lavha.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶