DTM Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi xodimlari bitiruvçilar bilan OTMlarga qabul jarayonidagi yangiliklar haqida suhbatlaşdi
Sönggi ikki yil mobaynida respublikamizda oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş va taʼlim sifatini yanada oşiriş böyiça bir qator dasturiy çora-tadbirlar qabul qilinib, izçil amalga oşirilmoqda. Talabalikka qabul qilişning şaffof va oçiq tizimi yaratildi.
Joriy yilda ham test sinovlarini 2018-yildagi tajribadan kelib çiqib, katta siğimli bino va inşootlarda ötkazişni davom ettiriş rejalaştirilmoqda. Joriy öquv yilida Qoraqalpoğiston Respublikasida 40691 nafar öquvçi maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tugatadi. Agar taʼlim muassasalarini oldingi yillarda bitirib, ariza topşirişi kutilayotganlar bilan birgalikda hisoblasak, 2019/2020 öquv yili qabulida taxminan 81500 nafardan ortiq abituriyentlar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişga kiriş uçun hujjat topşirişi kutilmoqda.
Joriy yildan boşlab abituriyentlar öqişga kiriş uçun hujjatlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topşiriş imkoniga ega böldilar. Oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş test sinovlari iyul-avgust oylarida ötkazilişi, abituriyent bir vaqtning özida 3 ta bakalavriat taʼlim yönalişida tanlovda iştirok etişi mumkin. Oldingi öquv yillarida taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun eng kam iş haqining yarim barobari miqdorida yiğim undirilişadi.
Bu boradagi yangiliklar bilan umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini batafsil taniştiriş uçun şu yilning 23-mayida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Muzaffar Abdullayev, xodimlari Dauletbay Koşkinbayev, Nurlibay Jumabayevlar tumanimizda bölişdi.
50 dan ziyod umumtaʼlim maktablari biruvçilari vakillari bilan suhbat tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida, 3-sonli Amudaryo akademik litsey bitiruvçilari bilan litsey binosida ötkazildi hamda yoşlarni qiziqtirgan köplab savollarga javoblar berildi.

Tadbirlarni tuman Adliya bölimi boşliği Möʼminjon Matyusupov boşqarib bordi.
OTMlarga hujjat topşiriş va test sinovlaridagi özgarişlar tarğibotiga bağişlangan bu tadbirlar maktablar va örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvçilari uçun ayni muddao böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶