Yosh rassomlar koʻrgazmasi namoyish etildi
Tasviriy sanʼat fani oʻquvchi shaxsining estetik rivojiga koʻmaklashib, uni sanʼat asarlari orqali tevarak-atrofdagi hayot goʻzalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, borliqni sevishga oʻrgatadi. Har xil tasvirlash vositalari bilan ishlash usullarini oʻzlashtirib, tabiatdagi, tevarak-atrofdagi nafislik va goʻzallikni ranglarda, manzaralarda ifoda eta oladi.
13-sonli maktabda tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Sarvar Nurullaev rahbarlik qilayotgan "Yosh rassomlar" toʻgaragi aʼzolari ishtirokida "Tasvirlarda yashnar olam" mavzusida oʻtkazilgan tadbirda bu yaqqol namoyon boʻldi. Tadbir ishtirokchilar dastlab tabiat qoʻynida rasm chizdilar. Ular oʻz rasmlarida Vatan manzaralarini, tabiat goʻzalligini, orzu-istaklarini qogʻozda, turli ranglarda tasvirladilar. Keyin oʻzlari mustaqil tayyorlagan rassomlik, tikuvchilik, duradgorlik namunalaridan koʻrgazma namoyish etishdi.
Tadbir toʻgarak aʼzolari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur bilan davom ettirildi.
Aziza Ahmedova, 13-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶