Maktabda “Yosh kitobxonlar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
Kitoblar insonni maʼnaviy kamolotga yetkazadi. U qalblarda mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat, ota-onaga mehr, vafo kabi insoniy tuygʻularni qaror toptirib, dunyoqarashni kengaytiradi. Shu sababli umumtaʼlim muassasalarida yosh avlodni kitobxonlikka qiziqtirish, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, milliy va jahon adabiyoti boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida “Yosh kitobxonlar” koʻrik-tanlovlari oʻtkazilib kelinmoqda.14-may kuni 13-sonli umumtaʼlim maktabida ham 6-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh kitobxonlar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda oʻquvchilarga badiiy adabiyotlar boʻyicha savollar berilib, bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Hakamlar hayʼatiga ishtirokchilarning shu paytgacha oʻqigan kitoblari roʻyxati ham taqdim etildi. Roʻyxat asosida ularga istalgan badiiy asar boʻyicha savollar berildi.
Tanlov yakunida 7-sinf oʻquvchisi M.Rahimboyeva 1-oʻringa, 8-sinf oʻquvchilari G.Botirova, R.Karimovalar 2-oʻringa, 7-sinf oʻquvchisi A.Hayitboyev 3-oʻringa munosib deb topildi. Shuningdek, tanlovda boshqa faol ishtirokchilarga “Eng kitobsevar”, “Eng bilimdon”, “Eng sheʼrxon” nominatsiyalari ham berildi.
Aziza Ahmedova, 13-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶