Jamiyat
👁 685
Tuman hokimligi binosi oldida yangi favvora ishga tushirildi (+foto, video)
Favvoralar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshib, faqat odamlarning bahri-dilini ochishga emas, balki atrof-muhitni moʻʼtadil havo bilan taʼminlashga ham xizmat qiladi.
Tuman hokimligi binosi oldida diametri 12 metr boʻlgan favvora qurildi. Mart oyida boshlangan yangi favvora qurilishi “Amu-avtotex” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 10 nafar ishchisi tomonidan qisqa vaqt ichida bitkazildi.
Qurilish ishlarining umumiy smeta bahosi 346 mln. 271 ming soʻmdan ortiq mablagʻni tashkil etdi. Favvoraga 600 metr quvur oʻtkazilib, 6 ta nasos, 5 xil rangdagi chiroqlar oʻrnatildi. Favvora suvni 7 metr balandlikka chiqaradi.
Yangi qurilgan favvoradan otilayotgan suv tungi vaqtlari turli ranglarda jilolanib, shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶