Amudaryolik yoshlar “Kasb mahorati”, “Yosh mohir kasb ustasi” respublika tanlovlarida faol qatnashdi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Respublika kasb-hunar taʼlimi markazi bilan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarining qobiliyati va iqtidorini namoyon etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularda tegishli bilim va malaka va koʻnikmalarni shakllantirish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan korxona va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Yosh mohir kasb ustasi”, “Kasb mahorati” respublika tanlovini oʻtkazdi.
Tanlovning quyi bosqichlarida gʻoliblikni koʻlga kiritgan oʻquvchi-yoshlar shu yil 2-maydan 4-maygacha ixtisosliklar boʻyicha Toshkent shahrida yakuniy bosqichda oʻzaro kuch sinashdilar.
Tanlovda Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejidan Jamila Fayzullayeva, Munisa Odilova, Ismoil Oʻrozboyevlar muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egalladilar.
Men bu tengdoshlarim erishgan yutuqlaridan juda quvonaman va kelgusi oʻqish-ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Umida BOTIROVA, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji bitiruvchisi.
(Illyustrativ foto)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶