Jinoiy va Maʼmuriy ishlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raislarining sayyor qabuli oʻtkazildi
Fuqarolarning sud idoralariga ishonchini mustahkamlash, huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida sud raislari tomonidan aholi oʻrtasida sayyor uchrashuv va qabullar oʻtkazilmoqda.
15-may kuni Beruniy nomli mahallada Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi Gulnora Bozorboyeva hamda Maʼmuriy ishlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi Abilay Adilovlar sayyor qabul oʻtkazdilar. Ushbu sayyor qabul asosan tumanda xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni oʻrganishga qaratildi.
Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabov olib bordi. Sayyor qabulda soʻzga chiqqan Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi G.Bozorboyeva fuqarolarga jinoyat tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va jinoyatlarning oldini olish choralari toʻgʻrisida soʻzladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining ayrim moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Maʼmuriy ishlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi Abilay Adilov sud-huquq tizimidagi islohotlar, qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar hamda maʼmuriy huquqbuzarliklarga qoʻllanilayotgan jazo choralari haqida gapirdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan Maʼmuriy va Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari raislari qabulida boʻldi.
Ozoda Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶