Amudaryolik yosh oshpaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan tanlovda 3-oʻrinni egalladi
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning xalqaro meʼyorlar asosida kasb egallashlari va yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoʻshma qarori asosida yoshlar oʻrtasida turli nominatsiyalar boʻyicha “Eng yaxshi kasb egasi” koʻrik-tanlovi oʻtkazilishi belgilangan edi.
4-may kuni 40-sonli MTMda “Oshpazlik ishi” nominatsiyasi boʻyicha 18-25 yoshgacha boʻlgan oshpazlar oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovning tuman bosqichida amudaryolik MTM oshpazi Rohatoy Davlatboyeva faxrli birinchi oʻrinni egallab, tanlovning keyingi bosqichiga yoʻllanma olgan edi.
Yosh oshpaz R.Davlatboyeva tanlovning 7-may kuni Nukus shahrida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham faol ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶