17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 06:36
Jamiyat 👁 688

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Mavzuga oid fotogalereya

Mavzuga oid video

Yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bugungidek dorilomon, osuda hayot uchun kurashgan, Ikkinchi jahon urushining olovli soʻqmoqlarida jon olib-jon berib, gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizning matonati, jasorati bayram kunlari yana bir bora eʼtirof etiladi.

Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekistondan 1,5 million kishi urushga safarbar qilingan. Ularning 500 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok boʻlgan. Tumanimizdan esa 4344 nafar alp yigitlar urushga otlanishgan va ularning 1520 nafarigina omon qaytib kelishga muyassar boʻlishgan. Bugungi kunda Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining 3 nafarigina hayot boʻlib, ozod va obod davrda keksalik gashtini surmoqda. Ular bayram oldidan Yurtboshimiz Farmoniga muvofiq 7 mln. 500 ming soʻm bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi, nuroniylarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratildi. Bayram arafasida davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari urush faxriylarining uylariga tashrif buyurishib, ularga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatishdi, gʻalabaga munosib hissa qoʻshib, dunyodan oʻtgan sobiq jangchilar xotirasi yodga olindi.

9-may kuni Mangʻit shahridagi Xotira bogʻida ham Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali marosim oʻtkazildi. Unda tuman hokimligi, Mudofaa boʻlimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va boshqa korxona-tashkilotlar rahbarlari, urush faxriylari, front orqasida gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan mehnat faxriylari, oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Tantanali marosimni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Temirboyev ochdi va olib bordi. Tumanimiz hokimi S.Yoʻldashev, "Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi B.Allaberganov, Yoshlar ittifoqi faoli A.Hayitboyev, “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi A.Matsapayevlar urushning dahshatli oqibatlari, farovon, osoyishta kunlarning qadriga yetish haqida gapirdilar. Oʻtganlar ruhiga atab Qurʼon tilovat qilindi. Shundan soʻng, jangovar marsh sadolari ostida mangu yoniq olov poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

Tuman Madaniyat boʻlimi va Mangʻit shahridagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahnalashtirilgan musiqiy dastur namoyish etildi, tinchlikning qadr-qimmatini, baxtiyor zamonamizni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Urush va mehnat faxriylari oʻzlariga koʻrsatilgan hurmat-ehtiromdan cheksiz minnatdor boʻldilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019