IKKINChI JAHON URUShI IShTIROKChILARI HOLIDAN XABAR OLINDI
27-aprel kuni “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allabergenov, tuman mudofaa boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik IxtiyorNodirov va tuman tibbiyot birlashmasining ijtimoiy boʻlimi mudiri Hamid Norboyevlar Qipchoq ovulida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Oʻtamurod Bozorboyev xonadoniga tashrif buyurishib, otaxonni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan tabrikladilar va ungi nogironlar aravachasini sovgʻa qildilar.
Bundan quvongan otaxon eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun davlatimizdan, sobiq jangchi xonadoniga tashrif buyurgan mehri daryo insonlardan cheksiz minnatdor ekanligini maʼlum qildi.
Shu kuni tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman mudofaa boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Ixtiyor Nodirov, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allabergenov va bir guruh shifokorlar hozirgi kunda “Boʻston” mahallasida, istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Yoʻldosh Ortiqov xonadoniga tashrif buyurishib, otaxonni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan tabrikladilar.
Shu kuni otaxon shifokorlar koʻrigidan oʻtkazilib, kerakli muolajalar amalga oshirildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶