Ikkinchi jahon urushi faxriylari holidan xabar olinmoqda
“Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allambergenov, tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Ixtiyor Nodirov va tuman Tibbiyot birlashmasining ijtimoiy boʻlimi mudiri Hamid Norboyevlar Qipchoq ovulida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Oʻtamurod Bozorboyev xonadoniga tashrif buyurishib, otaxonni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan tabrikladilar va unga nogironlar aravachasini sovgʻa qildilar.
Bundan quvongan otaxon eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun davlatimizdan, mehridaryo insonlardan cheksiz minnatdor ekanligini maʼlum qildi.
Shu kuni tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Ixtiyor Nodirov, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allambergenov va bir guruh shifokorlar “Boʻston” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Yoʻldosh Ortiqov xonadoniga tashrif buyurishib, otaxonni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan tabrikladilar.
Shu kuni otaxon shifokorlar koʻrigidan oʻtkazilib, kerakli muolajalar amalga oshirildi.
Allambergan Jumaniyozov.
Suratda: Yoʻldosh Ortiqov (oʻrtada), uning turmush oʻrtogʻi Rahima Ortiqova va tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Ixtiyor Nodirovlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶