“Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasi davom etmoqda
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni ilgari surgan edilar.
Shulardan biri - yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturiga koʻra, har bir hududga turli xil ommabop mavzudagi kitoblarni yetkazib berish koʻzda tutilgan. Ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoygan “Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasida idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlardan tortib, oddiy fuqarolargacha ishtirok etishayotgani bu tashabbusning naqadar katta ahamiyatga egaligidan yaqqol dalolatdir.

Shunday tashabbusga hissa qoʻshish maqsadida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ilk marta oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan 64-sonli maktabga 20 dona kitoblar sovgʻa qildi. Maktab oʻquvchilari sovgʻa uchun Maryam Ahmedovaga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶