“OʻZBEGIM OʻGʻLONLARI VA QIZLARI” BELLAShUVI OʻTKAZILDI
Aprel oyi mamlakatimiz umumtaʼlim maktablarida estetika fanlar oyligi deb belgilangani munosabati bilan oʻquvchilarning estetik didini yuksaltirishga, ularda yuksak odob-axloq qoidalari shakllanishiga, iqtidorlarini rivojlantirishga va komil inson sifatida ulkan hayotga qadam qoʻyishiga koʻmaklashuvchi turli tadbirlar, bellashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Joriy yilning 17-aprelida 11-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Oʻzbegim oʻgʻlonlari va qizlari” tanlovi ham oʻquvchi yoshlarning mustaqil hayotga qay darajada tayyorligini sinovdan oʻtkazdi.
Bellashuvga maktabning 3 ta 9-sinflari, 2 ta 10-sinflari va 1 ta 11-sinfidan saralab olingan eng iqtidorli va chaqqon 3 nafar yigit, 3 nafar qizlar guruhlari pazandalik borasida oʻzaro bahslashdilar. Yigitlarga bir xil sharoit yaratilib, bir xil oʻlchamdagi masalliqlardan palov pishirish, qizlarga esa oʻzimizning hududimizda yetishtiriladigan sabzavotlardan palov bilan birga isteʼmol qilinishi mumkin boʻlgan turli salatlar tayyorlash topshirildi.
Aytish mumkinki, qoʻllariga qoʻlqop kiyib, beliga fartuk taqib, palov pishirishga, sabzavotlardan turli salatlar tayyorlashga sidqidildan intilayotgan yigit-qizlarning koʻnglidagi ishtiyoqni koʻrishning oʻzi juda zavqli.
Nihoyat bellashuv aʼzolari topshiriqni ado etishib, oʻz mehnatlari mahsuli palov va salatlarni saf tortib, namoyish qilib turdilar. Hakamlar hayʼati aʼzolari ularning mahorat va didini, chaqqonligini odilona baholadilar.
Bellashuvni tashkil etish va oʻtkazishda maktab direktori Z.Yusupova, oʻrinbosari M.Joʻldasova, Xvan Natalya, yoshlar yetakchisi Q.Xolmurotova, faol oʻqituvchilar J.Madaminov, N.Kamolovalar fidoyilik koʻrsatdilar.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶