17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:21
Jamiyat 👁 751

Faoliyatimiz bolalarning baxtli kelajagiga xizmat qiladi

Faoliyatimiz bolalarning baxtli kelajagiga xizmat qiladi

Tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi oʻquvchilarning qiziqishlari va intilishlariga koʻra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan 43 ta toʻgaraklarda 1116 nafar oʻquvchilarga kasb-hunar oʻrgatmoqda. Shundan 240 nafari “Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olmoqdalar.

Mazkur yoʻnalishning maqsadi yoshlarda ekologik ongni shakllantirish, ularni bugungi kundagi ekologik ahvoldan xabardor etish, oila va jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ekologik muammolarni nazariy hamda amaliy koʻrsatib berish orqali oʻquvchilarning tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishini tarbiyalashdan iboratdir.

Bugungi kunda maktabdan tashqari taʼlimning farzandlar tarbiyasidagi rolini koʻpgina ota-onalar juda yaxshi tushunmoqdalar. Oʻz farzandining maktabdan boʻsh vaqtlarida “Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgaraklarida qatnashishiga shart-sharoit yaratib berayotgan ota-onalar soni kundan kunga ortib borayotgani juda quvonarli hol, albatta. Ayni vaqtda markazimizda yoshlarga taʼlim tarbiya berish bilan bir qatorda ularni kasb-hunarga oʻrgatish, iqtidorini shakllantirish, ularning turli xunarlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish borasida “Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun oʻqituvchilar, toʻgarak rahbarlari ham oʻz ustida ijodiy izlanib, salohiyatini oshirmoqdalar.

“Yosh ekolog” toʻgaragi rahbari Nilufar Avezova “Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari” koʻrik-tanlovida qatnashib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida birinchi, Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida faxrli ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

2018-2019 oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan seminarlar istiqbolli rejasiga asosan markazda “Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishi uslubchisi M.Ortiqboyeva tomonidan “Toʻgaraklarda oʻquv-jarayonini rivojlantirish, “Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilar qamrovini oshirishning eng samarali usullari hamda mashgʻulotlarni oʻtishning interaktiv, interfaol metodlari, innovatsion uslublari” mavzusida amaliy seminar oʻtkazdi.

Tumandagi ijtimoiy himoyaga muxtoj, imkoniyati cheklangan bolalarni har tamonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni “Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgaraklari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va shu orqali zamonaviy kasblarga yoʻnaltirilgan toʻgaraklarga jalb etish maqsadida “Sen yolgʻiz emassan” shiori ostida 1-7-fevral kunlari “Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishidagi barcha toʻgarak rahbarlari targʻibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Ular oʻz hududlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan oʻquvchilar holidan xabar olib, ularga mashgʻulot oʻtib berdilar hamda markaz faoliyati, maqsadi va markazda tashkil etilgan toʻgaraklar haqida maʼlumot berib, oʻzlarining sovgʻalarini topshirdilar.

28-fevralda “Barkamol avlod” bolalar markazi tashkil etilganligining 8 yilligi munosabati bilan “Har bir bolaga mehr-eʼtibor kerak” shiori ostida “Ota-onalar kuni” oʻtkazildi.

Tadbirga 140 nafar ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbir “Badiiy ijodiyot” yoʻnalishi uslubchisi Sh.Xudoyberganov xamda toʻgarak aʼzolari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan boshlandi. Kontsert dasturidan keyin “Har bir bolaga mehr-eʼtibor kerak” mavzusida ota-onalar bilan suhbat boʻlib oʻtdi. Tadbir oxirida oʻquv yili davomida namunali xulqi, toʻgarak mashgʻulotlarida va tadbirlarda faol qatnashib kelayotgan 30 nafar toʻgarak aʼzolarining ota-onalariga markaz maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Yaqinda qizlar oʻrtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, ayolga ehtirom, insonparvarlik, milliy urf-odat va qadriyatlarimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini ochib berishga bagʻishlangan “QIZLARJON” tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda ingliz tili toʻgaragi aʼzosi Durdona Bozorbayeva gʻolib deb topildi. Tanlovni oʻtkazishdan maqsad qizlarning ijodkorligi, istedodi va qobiliyatlarini namoyon qilish xamda ularni moddiy maʼnaviy ragʻbatlantirishdan iboratdir.

Mart oyida markazdagi “Yosh ekolog” toʻgaragi rahbari Mohira Tursunbayeva hamda “Yosh oʻlkashunos” toʻgaragi rahbari Tursunboy Rahimboyevlar rahbarligidagi toʻgaraklar aʼzolari “Chilpiq” qoʻrgʻoni va “Shayx Jalil bobo” yodgorliklariga sayoxatga olib chiqildi.

Bahor faslidagi eng sevimli va ardoqli milliy bayramimiz Navroʻz munosabati bilan markazimizda “Biz kutgan baxor” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda toʻgarak aʼzolari tomonidan tayyorlangan bahoriy kuy-qoʻshiqlar va raqslar barchani xushnud qildi.

Markazimizda oʻtkazilgan tadbirlarning eng faol ishtirokchilari tuman miqyosida nishonlangan Navroʻz bayramida oʻziga xos kompozitsiya bilan qatnashdilar. Ayniqsa “Shoʻx bolalar” jamoasining yangi yaratgan “Sumalak” nomli ashulasi bayram tantanalariga juda xam mos tushdi. “Biz amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir” degan edi muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.

Bizning jamoamiz aʼzolarining xam maqsadi yoshlarimizning bilim olishlarida, hunar oʻrganishlarida, orzulari va kamolot sari sidqidildan intilishlarida, ularning kelajagining porloq boʻlishida qoʻlimizdan kelgancha yordam berishdir.

M.ORTIQBOYeVA

“Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishi uslubchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026