Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşev özi rahbarlik qilayotgan 1-sektor hududidagi madaniyat markaziga 500 dona kitob sovğa qildi
Prezidentimizning yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş böyiça taşabbuslarini qöllab-quvvatlagan holda 13-aprel kuni Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev özi rahbarlik qilayotgan 1-sektor hududidagi Uyşin madaniyat markazida bölib, bu yerda yoşlarni sanʼatga jalb qiliş böyiça mavjud şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.

Hokim taşabbusi bilan mazkur madaniyat markazida kutubxona taşkil qilinib, u zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Şu kuni tuman hokimi öz nomidan va homiylar taşabbusi bilan yiğilgan 500 dona badiiy kitoblarni kutubxonaga sovğa qildi.

Şu paytgaça Uyşin Madaniyat markaziga kelgan yoşlar musiqa va sanʼat sirlarini örganib, aholi madaniy hordiq çiqargan bölsa, endilikda ular özbek va jahon adabiyotining sara badiiy asarlarini mutolaa qilib, bilim va tafakkurini, dunyoqaraşini yanada yuksaltiriş imkoniyatiga ega böldi.

Tantanali marosimlarda söz olganlar sektor rahbari – tuman hokimi Sultonboy Yöldaşevga mazkur ziyo maskanining taşkil qilingani, qolaversa, hududda amalga oşirilayotgan keng kölamli obodlik işlari uçun alohida minnatdorçilik bildirdilar.

Aytiş kerakki, mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholining yaşaş şaroitlarini tubdan yaxşilaş maqsadida hududlarni sektorlarga bölib işni taşkil etiş tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yölga qöyilişiga imkon yaratdi.
Tuman hokimi rahbarligidagi 1-sektor hududida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyatini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida ham amaliy işlar olib borilmoqda.
Aholining eng muhim hayotiy muammolarini yeçiş bilan birgalikda sektor hududida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, aholi örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş, oilalardagi ijtimoiy muhit barqarorligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar fikrimizning isbotidir. Zero, farovon turmuşga faqatgina iqtisodiy tökinlik yoki maişiy şaroitlarni yaratiş orqaligina erişib bölmaydi. Baxtli hayot keçiriş uçun inson maʼnaviy va ruhiy jihatdan ham komillikka intilmoği lozim.

Tuman hokimi rahbarligidagi 1-sektor hududida iş boşlagan yangi kutubxona ham aholi, ayniqsa yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, demakki, mahalla aholisi uçun farovon turmuş tarzini barpo qiliş yölidagi yana bir qadamdir.

Ğ.Yeşniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶