DOʻRMANLIK NURONIYLAR OʻQUVChI-YoShLAR BILAN UChRAShDILAR
2-aprel kuni 20-sonli maktabda “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimining Davlat granti mablagʻi hisobidan moliyalashtirilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” nomli loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazilib, unda maktab oʻquvchilari va Doʻrman ovulida istiqomat qilayotgan bir guruh otaxon va onaxonlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Farhod Oʻrozboyev kirish soʻzi bilan ochib, yoshlarni maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda nuroniy otaxonlar va onaxonlar tomonidan ularga berilayotgan oʻgit-nasihatlarning ham oʻrni beqiyos ekanligini taʼkidladi.
Shundan keyin “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov soʻzga chiqib, yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qoʻshish maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirdi.
Davra suhbatida keksa otaxon Habibulla Qutlimurodov, onaxonlardan Qunduz Xudoyberganova va Bibi Abdurahmonovalar soʻzga chiqishib, yoshlarga oʻzlarining qimmatli nasihatlarini berishdi.
Shundan soʻng maktabning 7 “B” sinf oʻquvchisi Diyorbek Nurjonov, 10 “A”-sinf oʻquvchisi Maʼmura Oʻrozboyeva, 8 “A”-sinf oʻquvchisi Malohat Otajonova, 9 “B”-sinf oʻquvchisi Masharif Ozodboyev va 11 “A”-sinf oʻquvchisi Mekan Otalikovlar soʻzga chiqishib, ota-onalarining, nuroniy otaxonlar va onaxonlarning oʻgit-nasihatlariga hamisha eʼtibor berishlarini aytdilar.
Davra suhbati yakunida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Farhod Oʻrozboyev soʻzga chiqib, davra suhbati ahamiyati haqida gapirdi va tadbir ishtirokchilariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶