Maqsadimiz – MIJOZLAR koʻngliga yoʻl topish
Men oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytlarimdayoq bi-chish-tikish ishlariga qizi-qardim. Bu qiziqish meni 2007-yilda Toshkent shahri-dagi “Mashhura” firma-siga yetakladi. Men ushbu firmada tajribali ustoz-lardan bichish-tikish sirla-rini qunt bilan oʻrgandim.
Tikuvchilik boʻyicha “Mash-hura” firmasida oshirgan tajribalarim bu sohada menga oʻz nomimdagi tikuv-chilik tsexini ochishimga yor-dam berdi.
Ayni kunda men rahbarlik qilayotgan “Muhtaram” ti-kuvchilik tseximizda 4 kishi mehnat qilayapmiz. Asosan ayollar kiyimlarini tayyorlash boʻyicha faoliyat koʻrsatadigan tseximizda mijozlarning buyurtma-larini tez va sifatli bajarishga katta eʼtibor beriladi. Shu boisdan ham ishxonamiz mijozlar bilan doimo gavjum boʻladi.
Men oʻz faoliyatimda mu-vaffaqiyatlarim tobora koʻpayib borayotganligidan cheksiz faxrlanaman. Al-batta, bu yutuqlarimda men-ga bu kasbning barcha sir-asrorlarini chin koʻngildan oʻrgatgan hurmatli ustoz-larim – Feruza Kamolova va Alisher Kamolovlarning xizmatlari beqiyos ekanli-gini mamnuniyat bilan taʼ-kidlayman.
Biz tseximiz faoliyatini yanada kengaytirish, xizmat turlarini koʻpaytirish maqsadida 2019-yil boshida Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondidan 25 million soʻm kredit oldik. Ayni kunda shu mablagʻdan oʻz rejalarimizni toʻliq amalga oshirish yoʻlida foydalanayotirmiz.
Bizning maqsadimiz – mijozlarimizga sifatli xizmat koʻrsatib, ularning koʻngillariga yoʻl topishdan iborat. Biz bunga, albatta, erishamiz.
Muhtaram XOʻJANIYoZOVA,
“Muhtaram” tikuvchilik tsexi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶