Fizika fani oyligi oʻtkazildi
Joriy yil 29-mart kuni tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida fizika fan oyligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirga maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari Bahrom Hikmatullayev, fizika fani oʻqituvchisi Yulduz Jumabekova hamda qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Omongul Adilboyeva, ona tila va adabiyot fani oʻqituvchisi Nodira Oʻrozboyevalar ishtirok etishib, oʻquvchilarning bilimlarini baholab borishdi.
Maktabning 6-sinf oʻquvchilaridan iborat “Arximed”, “Yosh fiziklar”, “Demokrit” va “Al-Farobiy” guruhlari asosiy toʻrtta shart boʻyicha bellashgan ushbu fizika fan oyligi tadbirida “Arximed” guruhi aʼzolari 1-oʻrinnri egallashdi. Ikkinchi oʻrin “Yosh fiziklar” jamoasiga nasib etdi. “Al-Farobiy” va “Demokrit” guruhi aʼzolari esa uchinchi oʻrin sohibi boʻldilar.
Tadbir yakunida tadbirda faol ishtirok etgan fizika fani bilimdonlari, maktab maʼmuriyati tomonidan taqdirlandilar.
Zuhra AHMEDOVA, 55-sonli maktabning
fizika fani laboranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶